2021 yilning 20-29 aprel kunlari Moʻynoq, Qanlikoʻl, Bozatov, Kegeyli, Chimboy va Taxtakoʻpir tumanlarining 18ta qishloq fuqarolar yigʻinlarida fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari uchun “Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlari sharoitida iqlimga bardosh amaliyotlarni joriy etish” mavzusida amaliy dala seminarlari oʻtkaziladi.

Tahsil BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologik xizmati markazining Adaptatsiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini iqlimga bardoshligini taʼminlash ” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi va oʻtkazilmoqda.

Fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va uy xoʻjaliklarining resurslarni tejamkor ziraotchilikdagi salohiyati va koʻnikmalarini oshirish Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlarining ogʻir iqlim sharoitlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini munosib darajaga koʻtarish uchun zarurdir. Buni inobatga olgan holda, seminarlar dasturi sugʻoriladigan yerlarni lazer orqali tekislashni olib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini isrof qilmasdan ekish, issiqxonalarda oʻsimliklar qoldiqlarining tabiiy issiqligidan foydalangan holda qish mavsumida sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish amaliyoti, biogumusni tayyorlash texnologiyalari, koʻchatlarni plyonka ostida oʻstirish, tomchilatib sugʻorish tizimlaridan foydalanish boʻyicha mashgʻulotlar nazarda tutilgan, ishtirokchilar kichik issiqxonalarni qurish, qurgʻoqchilik sharoitlarida tuproqosti sugʻorishni joriy qilish haqida maʼlumot oladilar, hamda intensiv bogʻlar uchun agrotexnikani, novdalarni kesish muddati va shartlarini, mevali daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish usullarini oʻrganmoqdalar.

Dala amaliy seminarlarida 3200 nafardan ortiq fermer, dehqon, tomorqa yerlari egalari, qishloq va suv xoʻjaliklari xodimlari, loyihaning namunali tumanlaridagi oʻrta umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mashgʻulotlarni Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali (NF ToshDAU) oʻqituvchilari, NF ToshDAUning Maslahat-axborot markazi, NNT “KRASS – Xorazm agro-konsulьtativ markaz”, MChJ Intexnol” mutaxassislari, hamda oʻzining tomorqa yerlarida mazkur koʻnikma va texnologiyalarni muvaffaqiyat bilan qoʻllab kelayotgan mahalliy aholi olib bormoqda.