Iqlim oʻzgarishi mavzusi boʻyicha oʻquv qoʻllanmasini Oʻzbekistonning milliy sharoitlariga moslashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometerologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan keng hamkorlikda 2018 yilda boshlandi.

 2021 yilning 12 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida maktab oʻquvchilari uchun “Iqlim sandiqchasi” oʻquv qoʻllanmasini BMTTD tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyaga qoʻshilgan tomon sifatida BMT IOʻDK oldida qator majburiyatlarni oʻziga olgan, jumladan, uning “Maʼrifat, kadrlarni tayyorlash va jamoatchilikni xabardor qilish” 6-moddasiga muvofiq, iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari muammolari boʻyicha maʼrifat va jamoatchilikni xabardor qilishni taʼminlash sohasida.

2014 yilda BMT Taraqqiyot dasturi ishlab chiqqan taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmasi boʻlmish “Iqlim sandiqchasi”ni 2018 yildan boshlab Respublikada maktab taʼlim jarayoniga joriy qilishga moslashtirish boʻyicha ishlar olib borildi. Mazkur oʻquv qoʻllanmasini taʼlim jarayoniga joriy qilishdan koʻzlangan maqsad- umuman olganda yoshlar va jamoatchilikni iqlim oʻzgarishining atrof-muhitga taʼsiri haqida xabardorligini oshirishdan iborat. 2015 yilda “Iqlim sandiqchalari” Rossiyaning 157ta oʻrta maktabda muvaffaqiyat bilan tajribadan oʻtkazildi. 2015 yilda “Iqlim sandiqchasi” ingliz tiliga tarjima qilindi va Parijda oʻtkazilgan Iqlim Oʻzgarishi boʻyicha BMTning Doiraviy Konvensiyasi tomonlarining konferensiyasida (SOR-21) taqdim etildi. 2016 yilda esa uni Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻizston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarida joriy eta boshladilar.

“Iqlim sandiqchasi” materiallari toʻplami Rossiya Federatsiyasining moliyaviy koʻmagida, Oʻzgidromet va Respublika taʼlim markazi bilan keng hamkorlikdagi BMTTD, Moslashuv jamgʻarmasining “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini iqlimga bardoshligini taʼminlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida moslashtirildi.

Respublika taʼlim markazi tomonidan umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, xalq taʼlim boʻlimlari uslubiyatchilari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari mutaxassislari, sinf rahbarlariga Oʻzbekistonning iqlim sharoitlari va xosliklari haqidagi materiallar bilan taʼlim jarayonida va maktabdan tashqarida tahsil berishda foydalanishlari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi. Oʻquv qoʻllanmasini namunaviy joriy qilish Toshkent shahrining uchta maktabida muvaffaqiyat bilan oʻtkazildi.

Taʼlim materiallarini topshirish marosimida Rossiya Federatsiyasi elchixonasi, BMTTD, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzgidromet vakillari ishtirok etishdi.

BMTTDning Oʻzbekistonga koʻrsatayotgan koʻmagi umum oʻzarobogʻliq boʻlgan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ular orasida qurgʻoqchil hududlarda joylashgan hamjamiyatlarning iqlimiy barqarorligi va atrof muhit muhofazasini taʼminlash, hamda iqlim oʻzgarishi va uning salbiy natijalari toʻgʻrisida aholinig xabardorligini oshirishga muhim eʼtibor qaratilmoqda.