
- Eng muvaffaqiyatli amaliyotlarni aniqlash maqsadida agronomik tusdagi va suvni tejash bo‘yicha barcha sinovdan o‘tkazilgan chora-tadbirlarni inventarizatsiyasi o‘tkazildi.
- Iqlimga bardosh tizimlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish va qurg‘oq erlarda yaylov chorvadorligi borasida olingan tahlil va saboqlar natijalari hujjatlashtirilgan va bosma va internet ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan.
- Markaziy davlat tashkilotlari, mahalliy ma’muriyatlar, qishloq hamjamiyatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida qishloq xo‘jaligi va yaylovlar erlarida ilhor moslashish amaliyotlarini namoyish qilishga bag‘ishlangan har chorak asosida uchrashuvlar o‘tkazildi.