Yangiliklar

  • Qoraqalpogʻiston fermer va dehqonlari faoliyatida iqlimga bardosh amaliyotlar

    Qoraqalpogʻiston fermer va dehqonlari faoliyatida iqlimga bardosh amaliyotlar

    2021 yilning 20-29 aprel kunlari Moʻynoq, Qanlikoʻl, Bozatov, Kegeyli, Chimboy va Taxtakoʻpir tumanlarining 18ta qishloq fuqarolar yigʻinlarida fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari uchun “Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlari sharoitida iqlimga bardosh amaliyotlarni joriy etish” mavzusida amaliy dala seminarlari oʻtkaziladi. Batafsil...
  • BMTTD “Iqlim sandiqchasi” oʻquv qoʻllanmasini Xalq taʼlimi vazirligiga topshirdi

    BMTTD “Iqlim sandiqchasi” oʻquv qoʻllanmasini Xalq taʼlimi vazirligiga topshirdi

    Iqlim oʻzgarishi mavzusi boʻyicha oʻquv qoʻllanmasini Oʻzbekistonning milliy sharoitlariga moslashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometerologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan keng hamkorlikda 2018 yilda boshlandi. Batafsil...
  • Iqlim o‘zgarishi: jurnalistlarning roli qanday?

    Iqlim o‘zgarishi: jurnalistlarning roli qanday?

    2021-yil 14-aprel kuni Nukusdagi I.V.Savitskiy nomidagi muzeyning konferens-zalida OAVda atrof-muhit va iqlim mavzusini yorituvchi hududiy jurnalistlar va blogerlar ishtirokida “Iqlim o‘zgarishi – global halokatmi yoki yangi rivojlanish paradigmasi?” mavzusida Café Scientifique formatidagi uchrashuv o‘tkazildi. Batafsil...
  • Иқлим дипломатияси бўйича ўтказиладиган тренинг

    Иқлим дипломатияси бўйича ўтказиладиган тренинг

    БМТ Тараққиёт дастури иқлим ўзгаришига оид сиёсат бўйича халқаро маслаҳатчи Даниела Каррингтон томонидан 2021 йил 11-30 март кунлари ўтказиладиган бир қатор онлайн тренингларни таклиф қилади. Batafsil...
  • Qoraqalpogʻistonda chorvachilikni rivojlantirish orqali salomatlikni yaxshilash, bandlikni oshirish va yerlardan samarali foydalanish

    Qoraqalpogʻistonda chorvachilikni rivojlantirish orqali salomatlikni yaxshilash, bandlikni oshirish va yerlardan samarali foydalanish

    2018 yildan beri Qoraqalpogʻistonda iqlim oʻzgarishi va Orol dengizini qurishi oqibatlarini yengillashtirish uchun ilk marotaba yaylov kooperativlarini tuzish amaliyoti qoʻllanila boshladi. Bugun, shuningdek, chorvadorlar koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurash olib bormoqdalar. Batafsil...
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Komponent 1

    Qurg‘oqchilikni boshqarish va uni oldindan ogohlantirish tizimining institutsional va texnik salohiyati
    Batafsil
  • Komponent 2

    Dehqon xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik)ning iqlimiy barqaror amaliyotlari
    Batafsil
  • Komponent 3

    Iqlim o‘zgarishi natijasida qurgʻoqchilikning ortib borishi havfiga landshaftlar darajasida adaptatsiya (moslashish) choralari
    Batafsil
  • Komponent 4

    Bilimlarni boshqarish va xabardorlikni orttirish
    Batafsil

2014 yilning oxirida O‘zbekistonda “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini ishga tushirildi.

Loyihaning asosiy maqsadi-O‘zbekistonning qurg‘oqchilik ta’siriga eng ta’sirchan bo‘lgan hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, iqlim o‘zgarishiga bardoshli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik fermer xo‘jaliklarini yaratish.

Loyiha 6 yilga mo‘ljallangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi (O‘zgidromet), BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Adaptatsiya fondi (AF) tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi ko‘magidagi qo‘shma sa’y-harakatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining noqulay geografik joylashuvi, qurg‘oqchil iqlim sharoitlari va Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan atropogen falokat tufayli O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga eng moyil bo‘lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Respublika Orol havzasidagi asmosiy daryolarning quyi oqimida joylashgan, va aksar hollarda suv mazkur hududga kam miqdorda va past sifatda etib keladi, gohida esa suv resurslari bilan bog‘liq vaziyat falokat ko‘rinishini oladi- yuqorida joylashgan hududlardan suv, ayniqsa, qurg‘oqchilik yillarida, umuman etib kelmaydi.

Qoraqalpog‘istondai qurg‘oqchilikni tez-tez yuzaga kelib turishi, qurg‘oqlikni oshishiga olib keluvchi umummiy omillar va suv resurslarini bashorat qilinuvchi taqchilligi birinchi o‘ringa suv bilan ta’minlash masalasini olib chiqmoqda, mazkur holatlar erlarning unumdorligini ham yomonlashtiradi, bu esa, o‘z navbatida, qishloq hududlarda istiqomat qiluvchi aholining iqlim o‘zgarishini mavjud hamda kelajakdagi salbiy oqibatlariga qarshi tura olish qobiliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston va uning beshta tumani loyihaning namunaviy hududlari etib tanlandi, u erlarda iqlim o‘zgarishining nomaqbul asoratlarini engillashtirishga yo‘naltirilgan moslashuv (adaptatsion) chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar namoyish etiladi va joriy qilinadi.

Loyiha davlat organlarining markaziy, viloyat va tuman organlariga ko‘mak ko‘rsatadi, hamda iqlim o‘zgarishi jarayonlariga eng moyil bo‘lgan o‘simlikshunoslik va chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini moslashishga (adaptatsiya) diqqat-e’tiborni qaratadi. Loyiha taklif qilayotgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar iqlim o‘zgarishining mavjud va kelajakdagi ta’siriga, mazkur hududda tez-tez sodir bo‘layotgan qurg‘oqchilikka qarshi tura olishga yordam beradi, suv ta’minoti va er resurslari unumdorligini pasayish muammosini hal qilishga yaqinlashishga yordam beradi.

Hamkorlarimiz

mahalliy va xalqaro
  • Узгидромет
  • Adaptation Fund
  • UNDP