Bugun, karantin sharoitida, BMT Koʻngillilaridan bilim olgan 400 nafardan koʻproq tibbiy volontyorlar Qoraqalpogʻiston aholisiga ekologik sharoitida murakkab boʻlgan hududlarda, Telegram kanalidan foydalangan holda, koronavirus va boshqa kasalliklarga qarshi turishda yordam bermoqdalar.

“Qachonlardir oʻlchami boʻyicha jahonda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizini qurishi Qoraqalpogʻiston hamjamiyatlarining turmush tarziga oʻzining tuzatishlarini kiritdi, - deydi Gulnara Japakova, salomatlik masalalari boʻyicha mutaxassis. – U, shuningdek, mahalliy aholi salomatligiga taʼsir oʻtkazmasdan qolmadi. 2005 yildan beri men hamjamiyatlarni safarbarlash bilan shugʻullanaman, ovullardagi zaruriy muammolarni aniqlashga yordam berib kelmoqdaman. BMT Taraqqiyot Dasturining loyihasi bilan ishlash jarayonida qoʻshimcha yordamni jalb qilishni talab qiluvchi sogʻliqni saqlash sohasidagi inson havfsizligini taʼminlash vazifasi meni oldimda turdi. Shu asnoda koʻngillilarni oʻqitish gʻoyasi tugʻildi, ular qoʻshnilarini, oʻz hamjamiyatlari aholisini uylariga tashrif buyurib turdilar va sil hamda boshqa kasalliklarni profilaktikasi uchun zarur chora-tadbirlar haqida maʼlumotlarni tarqatib turdilar. Qisqa vaqt ichida biz 12ta hamjamiyatda mana shunday 60 nafar volontyorni tayyorladik.

2017 yilda treninglarni muvofiqlashtirish uchun BMT Koʻngillilari jamoasiga qoʻshildim, bu safar faoliyat BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha Koʻpsheriklik fondini tashkil etish orqali Orol dengizi inqirozi natijasida aziyat chekkan aholining turmush barqarorligi salohiyatini oshirish” Qoʻshma dasturi doirasida oʻpka, oshqozon-ichak, yurak-tomir kasalliklarini profilaktikasi, hamda ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratildi.”

Qanday qilib siz mana shunday hozirjavob odamlarni - haqiqiy koʻngillilarni toʻplay oldingiz?-deb mendan koʻp bora soʻrashadi!

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xotin-qizlar qoʻmitasi , tuman hokimiyatlari, qishloq fuqarolar yigʻinlarining koʻmagida biz Qoraqalpogʻistonning 10ta tumanida 2080 nafardan ortiq tibbiy koʻngillilarni oʻqitishga erishdik. Ularning yangilikka qiziqishlarini muntazam ravishda axborot materiallari bilan qoniqtirishga intilamiz, ular orasida trening modullari, “Sogʻlom oila-baxtli oila” oʻquv dasturlari, uy xoʻjaliklari uchun sanitariya kitoblari, suratli taqvim-maʼlumotnomalar, plakatlar, varaqalar, risolalar, hamda aholi bilan ishlash uchun qulay va xavfsiz kiyimlar va anjomlar bor. Koʻngillilarning oʻzlarini tashabbuslari bilan 2018 yilda biz “Qoraqalpogʻiston volontyorlari” nomi bilan Telegrammda kanalni ochdik, unda ishtirokchilar tajribalari, hamjamiyatlarda oʻtkazgan uchrashuvlar natijalari bilan oʻrtoqlashmoqdalar, qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganlari haqida soʻzlamoqdalar va kelajakda ularga duch kelmaslik yoʻllari haqida masalahatlar bermoqdalar”, - deydi Gulnara.

Bugungi kunda Gulnara hamjamiyatning tibbiy volonyotrlari bilan Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan BMTTD va BMT Aholishunoslik Fondining “Orolboʻyi mintaqasidagi mahalliy hamjamiyatlarning ekologik, iqtisodiy qaltisliklar, hamda aholi salomatligi masalalaridagi turmush barqarorligi salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma Dasturi doirasidagi yangi rolida chambarchas ishlamoqda.

“Hozirgi vaqtda, butun jahondagi koronavirus pandemiyasi tufayli bizning volontyorlarga yangi mavzu ham qoʻshildi. Qayd etishim joizki, ular tezkorlik bilan bu holatga munosabat bildirdilar va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti qoʻllanmalaridan foydalangan holda mustaqil ravishda hamqishloqlari bilan ishlay boshlashdi. Umumiy karantin tufayli, toʻliq izolyatsiya sharoitida toʻlaqonli treninglarni oʻtkaza olmayapmiz. Ammo Telegrammda oldin tashkil etilgan guruh bu yoʻnalishdagi ishimizdagi noqislikni toʻldirishga yordam bermoqda. Bugun guruhda hamjamiyatlarning 400 nafardan ortiq tibbiy koʻngillilari ishlamoqda, ular orasida tibbiyot xodimlari, maktablar oʻqituvchilari, qishloq fuqarolar yigʻinlari mutaxassislari, yoshlar va pensionerlar bor. Bizga Internetdan foydalana olmayotganlar, lekin yordam berish ulkan istagida boʻlganlar ham koʻplab murojaat qilmoqdalar. Biz muntazam ravishda rasmiy manbalarning yangiliklarini kuzatib turibmiz, Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan maslahatlashmoqdamiz va axborotni volontyorlarga yetkazmoqdamiz. Ular esa, oʻz navbatida, hamjamiyatlaridagi aholi roʻyxatini tuzmoqdalar va har kuni maslahat xizmatlarini koʻrsatish, oila aʼzolarining har birini salomatligi holatini oʻrganmoqdalar va zarur boʻlsa, kerakli mutaxassislarga yoʻllamoqdalar.

Volonterlik menga odamlarning hayoti va taqdiriga daxldorlik hissini taqdim etdi. Men oʻziga xos psixologga aylandim, chunki eng muhimi meni oʻzimga, tavsiyalarimga ishonishlarini, maslahatlarimga quloq solishlarini, asosiysi, zarurat paydo boʻlganda tuman tibbiyot punktlariga vaqtida koʻmak soʻrab murojaat qilishlarini istadim. Har bir treningda, har bir uchrashuvda men odamlarga foyda keltirayotganimni, ularga hayotiy zarur bilimlarni berayotganimni, ular uchun kerakli odam boʻlib borayotganimni his qildim. Bu esa, loyihadan keyin, kelgusidagi faoliyat yoʻnalishimni aniqlab olishga yordam berdi. Men yanglishmaganim aniq boʻlib qoldi.

Menimcha, hozirgi vaqtda jahonda yuzaga kelgan vaziyat jamiyat salomatlarini saqlash sohasida volonyotrlik har bir hamjamiyatning kundalik hayotida bir qoida boʻlib qolishi zarur”.