Qoraqalpogʻistonda, ayniqsa uning shimoliy tumanlaridagi dehqonchilikning asosiy muammolari tuproqda organik moddalar miqdori pastligi, tuproqni umumiy tuzlanishi va suv taqchilligi va gidrologik qurgʻoqchilikni tez-tez qaytarilib turilishi bilan bogʻliq, bularni barchasi esa koʻp darajada iqlim oʻzgarishini oqibati hisoblanadi. Bu omillar, ayniqsa sugʻoriladigan suvni mavjud emasligi natijasida tuproqni haddan ziyod qurib qolishi, ekinlarni toʻliq qaqrab qolishiga olib keladigan qurgʻoqchil yillarda rejalashtirilgan hosilni qisman yoki toʻliq yoʻqotilishi xatarini oshiradi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, masalan 2000-2001 yillarda boʻlganidek, ogʻir qurgʻoqchilik sababli keng koʻlamda yoʻqotilishi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Mazkur tumanlarda dehqonchilikni barqaror olib borilishini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun, avvalambor, chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish darkor, ularga ob-havo, xatarli meteorologik holatlar va suvning oz-koʻpligi bashoratlari, gidrometeorologik holatlar va resurslar chegaralanganligi bilan bogʻliq boʻlgan ehtimolli xatarliklarga tayyor turishni taʼminlash kabi choralar kiradi. Shu oʻrinda, shuningdek, haddan ziyod kimyoviylash va mexanizatsiyalash natijasida tuproqning yoʻqotilgan unumdorligini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar ham muhim rol oʻynaydi.

Organik Qishloq Xoʻjaligi uchun Harakatlar Xalqaro Federatsiyasi (IFOAM)ning fikricha, organik qishloq xoʻjaligi uzoq muddatli istiqbolda ham aniq obʼektlarning (oʻsimliklar, hayvonlar, tuproq, insonlarning), ham butun sayyoraning salomatligini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamgʻarmasi bilan birgalikdagi “Resurslarni tejovchi qishloq xoʻjaligi usullarini qoʻllash orqali Orolboʻyi hududidagi qurgʻoqchilikka eng koʻp duchor boʻlgan hamjamiyatlarda qishloq ayollarini iqlim oʻzgarishiga bardoshligini oshirish” loyihamiz doirasida biz “Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlaridagi tomorqa yerlarida organik dehqonchilikni qoʻllash boʻyicha” qoʻllanmani ishlab chiqdik. Anʼanaviy (intensiv) ziroatchilikka taqqoslaganda, organik dehqonchilikning asosiy maqsadi qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, tuproq mikroorganizmlari faoliyatini kuchaytirish, haydaladigan yerlar unumdorligi va yanada sifatli, organik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotini olishga faol taʼsir qiluvchi tuproqni himoyalovchi resurslarni tejaydigan dehqonchilik evaziga tuproqqa organik moddalarni tushishini oshirishga koʻmak beruvchi tuproqdan samarali foydalanishdan iboratdir.

 

Organik usullar oddiy xoʻjalik koʻrsatkichlariga taqqoslaganda issiqxona gazlarini tashlanishini 48-66 foizga pasaytirishga qodir. Bunga organik tuproqlarda organik moddalar miqdorining yuqori darajada boʻlishi orqali erishiladi, chunki tuproqqa uglerodni ushlab qolish va oʻzgartirish imkonini beradi, natijada esa uni havoga tashlanishi kamaytiriladi.

Organik moddalarga boy boʻlgan tuproq qanday qilib sugʻorish suvlarini tejalishini va oʻsimliklarni keskin omillarga barqarorligini oshrilishini taʼminlashi haqida bizning qo‘llanmamizda oʻqing.