2019 yilning 26-28 sentabr kunlari BMT taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi va bu yerda hududning hozirgi ahvoli, hukumatning ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha sa’y-harakatlari, hamda BMTTDning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Rasmiy uchrashuvlar, oʻzaro munosabatlar natijalari, hamkorlikning yangi ufqlari

Tashrif Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jokargʻi Kenesdagi uchrashuvdan boshlandi, bu yerda Dimovska xonim Orolboʻyi hududining BMTTDning Oʻzbekistondagi faoliyatidagi ahamiyatini taʼkidladi. 2012 yildan beri amalga oshirilayotgan qoʻshma dastur va tashabbuslar doirasida bugungi kunga kelib ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha 64ta loyiha joriy etildi, natijada 66 ming nafardan ortiq qishloq aholisini ichimlik suv, elektr energiyasi bilan taʼminlash, hamda sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarini yaxshilash imkonini berdi. Kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha 215dan koʻproq, shu jumaladan, qishloq joylarda yashil texnologiyalarni joriy qilish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi. Undan tashqari butun hudud boʻylab mahalliy aholining 3 710 nafar koʻngillisi gigiyena va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻqitildi, natijada 213 420 nafar odam tibbiy bilimlarini oshirishlariga imkon yaratildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Salomatlik va tibbiy statiska Institutining Qoraqalpoq filiali maʼlumotlariga koʻra, hududda sil kasalligi bilan betoblanish holati pasaygan, 2012 yildagi ham bir 100 ming nafar kishiga 103 bemordan keyingi besh yilda 100 ming nafarga 78ta darajagacha tushgan.

Respublikada birinchi marotaba amalga oshirilayotgan BMTTD va Adaptatsion jamgʻarmaning qoʻshma loyihasi doirasida, mahalliy aholi bilan keng hamkorlikda, umumiy maydoni 15 300 gektar boʻlgan hududda aʼzolari 43 ming nafar boʻlgan 10ta yaylov kooperativlari tashkil etildi, ularni bir maqsad birlashtirgan - tanazzulga uchragan yaylovlarning unumdorligini tiklash va yangi yaylovlarni yaratish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini amalga oshirilishini qoʻllash boʻyicha agro va suvni tejovchi texnologiyalar namunalari va landshaft darajasida moslashuv amaliyotlarini qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligini iqlimga bardoshligini taʼminlash boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida Orolboʻyi mintaqasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga integratsiyalashuv va ularga yetishish doirasida BMTTDning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanishi taʼkidlandi.

“BMTTD Oʻzbekistonda, inson havfsizligini taʼminlash orqali, Orol dengizi falokati natijasida aziyat chekkan odamlarni qoʻllab-quvvatlashga bundan buyon ham tayyor. Biz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyi mintaqasining barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun bu yerda ekologik innnovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratish boʻyicha tashabbusini amalga oshirish orqali oʻzaro hamkorligimiz sohalarini kengaytirishdan mamnunmiz”, - deya taʼkidladi Dimovska xonim yuqori darajadagi uchrashuvda.

Oʻtgan yili Orolni qutqarish xalqaro fondini taʼsischilari boʻlgan davlatlar rahbarlari majlisida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolboʻyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish haqidagi masalani koʻrib chiqishni taklif qilgan edi. Bu mamlakatlarning ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, “yashil” iqtisodiyot, ekologik toza, energiya va suvni tejovchi texnologiyalar tamoyillarini majmuaviy joriy qilish, choʻllanish va ekologik migratsiyani oldini olish, ekoturizmni rivojlantirish va boshqa choralarni amalga oshirishda umumiy harakatlarini shakllantirish uchun sharoitlarni yaratishga koʻmak beradi.

Shu kunni oʻzida Nukusda BMTTD va YuNESKOning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” mavzusidagi yangi loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Hududning eng aziyat chekkan hamjamiyatlari uchun ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy salbiy oqibatlarni yumshatishga yoʻnaltirilgan loyiha Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi byoʻchia BMTning Koʻpsheriklik trast fondinining moliyaviy koʻmagini oldi.

“Orpolboʻyi hududini qoʻllab-quvvatlash masalalari BMTTD uchun katta ahamiyatga egaligini taʼkidlashga ijozat bergaysiz, biz bundan buyon ham mintaqadagi faoliyatimizni kengaytirish ustidan ishlaymiz, - deya qayd etdi Dimovska xonim marosim ishtirokchilariga qutlov nutqida. – BMTTD hududda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun innovatsion yechimlarni joriy qilish boʻyicha global tajribani taklif qilmoqda”.

Fermer va uy xoʻjaliklarini iqlim oʻzgarishiga moslashishi uchun texnologiyalarni joriy qilinishga koʻmak.

2014 yildan beri BMTTD Oʻzbekiston Respublikasining Gidrometeorologiya xizmati markazi –Oʻzgidormet bilan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasining Adaptatsion fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasi doirasida keng hamkorlik qilib kelmoqda. Landshaft darajasida iqlim oʻzgarishiga moslashishning yoʻnalishlari sifatida, loyiha koʻmagida, Qoraqalpogʻistonda ilk marotaba yaylov kooperativlari tashkil etildi. Yaylov chorvadorligini rivojlantirish uchun barqaror yem-xashak bazasini tashkil etish, tanazzulga uchragan yerlarni tiklash va yaxshilash ularning vazifalaridir. Tashrif doirasida, Dmiovska xonim ishtirokida, loyiha tomonidan tashkil etilgan mahalliy yaylov hamjamiyatlari foydalanishlari uchun uchta traktorni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tashrif doirasida Taxtakoʻpir tumanida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu yerda “Qoraoy” qishloq fuqarolari yigʻinining “Bazarbay bagman” fermer xoʻjaligi maydonida intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish amaliyoti joriy qilinmoqda. Bunday amaliyotni afzalligi shundaki, pastak daraxtlar ekilgandan soʻng 2-3 yildayoq hosil olish imkoniyati mavjudligidir. Vaholanki, baland oʻsadigan daraxtlar 5-7 yildan keyingina hosil beradi. Parvarishlash ham koʻp kuch talab qilmaydi, aksincha, bu yerda keng qoʻllanilayotgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi suvni tejash imkonini beradi.

Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, biznes gʻoyalarni ilgari surish, aholi farovonligini oshirish

Dimovska xonim tumandagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiluvchi inshootga bordi, bu yerda “Davqara” qishloq fuqarolar yigʻinining “Taza oray” hamjamiyati aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun suvni chuchuklashtirish stantsiyasi taʼmirlandi. Loyiha Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik agentligi koʻmagida BMTning “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi tomonidan amalga oshirilgan.

“Taxtakoʻpir” mahalla fuqarolar yigʻini tashrifning keyingi manzili boʻldi, bu yerda Qoʻshma dastur koʻmagida bir vaqtni oʻzida 150 tonnagacha mahsulotni sigʻdira oladigan meva va sabzavotlar uchun omborni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Taxtakoʻpir tumanida 260dan ortiq fermer xoʻjaliklari mavjud. 2018 yilda meva va sabzavotlar ishlab chiqarishning umumiy hajmi 3 314 tonnani tashkil etdi. Iqtisodiy omillar, hamda mahalliy iqlim xususiyatlari inobatga olinib, mazkur tashabbus mahalliy fermerlar va bogʻbonlar uchun muhim ahamiyatga ega.

“Bizda mahalliy fermerlar, uy xoʻjaliklari va isteʼmolchilar bilan keng aloqa oʻrnatish uchun yaxshi imkoniyat yaratildi. Ilgarilari, tegishli uskuna va texnologiyalar yoʻqligi tufayli biz mahsulotni maʼlum bir muddatgina saqlay olardik xolos. Meva va sabzavotlar, ayniqsa yoz mavsumida, tez aynib qolardi. Endi bu muammo hal etildi, uzoq muddatli istiqbolda biz MDH mamlakatlariga mahalliy mahsulotni eksport qilishni boshlashni rejalashtirmoqdamiz”, -dedi loyiha tashabbuskori Azizbek Jumanazarov Dimovska xonim bilan uchrashuvda.

Shu kuni BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili “Aydin jol” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun daromad manbaini yaratish maqsadida tadbirlarni qoʻllash boʻyicha ikkita inshootga tashrif buyurdi. Davran va Marziya rahbarligida ishlayotgan “Borshi” oilaviy korxona zamonaviy yorqin qadoqda pista ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Koʻp tarmoqli “Rano Sheber” sexi esa tuya junidan zamonaviy uskunalarni qoʻllagan holda choyshab, jild, yostiq, kiyim va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Tanishuv tashrifining ikkinchi kuni Moʻynoq tumaniga safar bilan boshlandi. “Tikozek” qishloq fuqarolar yigʻinida toʻxtovsiz elektr energiyasini bilan taʼminlash uchun quyosh fotoelektrik panellar oʻrnatilgan №32-oilaviy poliklinikaning filiali joylashgan. Undan tashqari Dimovska xonim sogʻliqni saqlash masalalari bilan shugʻullanuvchi hamjamiyat koʻngillilari bilan uchrashdi, ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini nafas yoʻllari, yurak-tomir, gastroenterologik kasalliklari va reproduktiv salomatlik boʻyicha aholining bilimini oshirish bilan shugʻullanadilar.

Boshqa uchrashuv chogʻida BMTTD delegatsiyasi aʼzolarini oʻnlab bolalar oʻrab olishdi. Moʻynoq shahrining markazida №1 maktab joylashgan, unda hozirgi kunda 530 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Oʻquv muassasasida oʻquvchilar oʻrinlari yetishmasdi. BMTning Qoʻshma dasturi boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun qoʻshimcha bino taʼmirlandi va endilikda u har bir smenada 120 nafardan bolani joylashtira oladi.

“Qoraqalpoq Sheberi Manzura” sexining rahbari Manzura Erniyazova ham juda samimiy qabul tashkil qildi. Bu yerda 10 nafar qiz va ayollar ishlamoqda, ular oʻz qoʻllari bilan qoʻgʻirchoqlar liboslarida, yodgorliklar va sovgʻalarda qadrdon oʻlkalarining tarixini tikmoqdalar, turli tantanalar uchun moʻljallangan gazlamalarga chigʻanoqlarni ehtiyotkorlik bilan oʻrnatib milliy kiyimlar, bosh kiyimlarni bezamoqdalar. Yaqindan beri esa bu yerda kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmati ham ishlay boshladi.

2018 yilda BMTTD koʻmagida tashkil etilgan “Hakim ata” qishloq fuqarolar yigʻinidagi “Ajiniyaz jaylaulari” yaylov kooperativi Dimovska xonim tashrifining yana bir obʼekti boʻldi. Bugungi kunda koopertiv ixtiyorida 580 gektar yaylov yerlari bor, birlashma kooperativ aʼzolari boʻlgan 595ta uy xoʻjaligi uchun samarali chorvadorlik va qishloq xoʻjaligini boshqarish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda. Qurgʻoqchilik sharoitida yaylovlarni tiklash va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha iqlimga barqaror amaliyotlar sifatida bu yerda loyiha tomonidan kuniga 500 kilogramm quvvatga ega boʻlgan gidropon qurilmasida yashil hashakni tayyorlash texnologiyasi joriy qilingan, u har kuni 50tagacha yirik shohli qoramoqlni ozuqlantirish imkonini beradi, demak, kuniga yaylovlarga tushadigan bosimni kamaytirishga va har yili 100 gektar yaylovni tiklashga koʻmak beradi.

Tashrif yakunida Dimovska xonim Shumanay tumanida boʻldi, bu yerda mahalliy aholi uchun daromad manbalarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan loyihalar doirasida tashkil etilgan sutni qayta ishlash, hamda erkaklar poyafzalini ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan tashnishdi.