2018 yilning 6-8 sentabr kunlari Toshkent davlat Agrar universitetining Nukus filialida “Quruq iqlim sharoitida mahalliy hamjamiyatlarning resurs va suv tejamlovchi, shu jumladan, “Yashil” texnologiyalar amaliyotlarini joriy qilish boʻyicha xabardorligi va tashabbuskorligini oshirish boʻyicha mexanizmni yaratish” mavzusida interfaol-muloqot shaklida seminar boʻlib oʻtdi. Uni Qozogʻistonning ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarni rivojlantirish jamgʻarmasi mutaxassislari olib bordilar.

Seminardan koʻzlangan maqsad - mahalliy hamjamiyatlarni mahalliy iqlim xususiyatlarini inobatga oluvchi moslashish yondashuvlaridan foydalanishga keng jalb qilish, resurs va suvni tejash tamoyillari, shu jumladan, “yashil” texnologiyalarni targʻib qilish va mazkur texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyiha takliflarini tayyorlashdan manfaatdor boʻlganlarni oʻqitishdan iborat edi. Tadbirda moslashish yondashuvlarini joriy etishning samaradorligini oshirish boʻyicha innovatsion gʻoyalarni ilgari surish boʻyicha eng yaxshi targʻibotchilari hisoblanmish agrar soha talabalaridan 60 ta vakili ishtirok etgan. Ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish iqlim oʻzgarishiga moslashish va hamjamiyatlarni iqlim barqarorligini oshirish jarayonlarining muhim boʻgʻini hisoblanadi. Aynan shu muammoga seminarni boshlab beradigan taqdimot bagʻishlangan boʻlib, unda ishtirokchilarni ham shahar, ham qishloq maktablarida sinovdan oʻtkazish mumkin boʻlgan ekologik ta’lim tizimining turli usullari bilan tanishtirdilar. Shu bilan birga, kuzatuvlar va olinadigan natijalar muloqot shaklida muhokama qilinishi taklif etildi, bunda oʻquv jarayonining barcha ishtirokchilari oʻz fikr-mulohozalari bilan oʻrtoqlashishlari, ta’limning oʻz usullarini taklif qilishlari, hamda yangi gʻoyalarni taqdim etishlari mumkin boʻladi.

“Ma’muriy tuzilmalar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va biznesni resurslar, suv tejamkorligi va “yashil” texnologiyalarni tatbiq qilishdagi oʻzaro hamkorligi” - keyingni sessiyaning mavzusi boʻldi, uni doirasida hay’at vakillari tomonidan loyiha takliflarini ishlab chiqish, iqlim oʻzgarishi sharoitlarida hamjamiyatlar barqarorligini rivojlantirishda landshaft ustuvorliklari haritasini tuzish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Seminarning yakuniy kunida hamjamiyatlarni iqlimiy va ekologik barqarorligini ta’minlashning chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha buyurtmalarini ishlab chiqish borasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Mahorat darslari mobaynida ishtirokchilar oʻzlarining loyiha takliflarini ishlab chiqadilar va taqdim etadilar, oʻz ishlanmalarining kuchli va zaif tomonlarini oʻrganish va hamjamiyatda loyihaning innovatsion gʻoyalarini tarqatishda toʻsiqlardan oʻtish uchun SWOT-tahlil oʻtkazadilar. Ommaviy axborot vositlari bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Interfaol-muloqot shaklidagi seminar ishi natijasida ishtirokchilar resurs va suvni tejash, hamda “yashil” texnologiyalarni qoʻllash amaliyotlarini borasida nafaqat oʻz bilimlarini oshiradilar, balki noqulay iqlim sharoitlaridagi tumanlarda joylashgan hamjamiyatlar barqarorligini oshirish uchun mazkur texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil ravishda loyihalarni ishlab chiqa oladilar.

Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmatining iqlim oʻzgarishi haqidagi BMTning doiraviy konvensiyasini Adaptatsion fondining moliyaviy koʻmagidagi “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etilmoqda.