“Inson xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” – 2018 yil 13 avgustidan 23 avgustiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo va Shumanay tumanlarida bo‘lib o‘tadigan seminar-trening ana shunday nomlandi.

BMT ning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” hamkorlikdagi dasturini amalga oshirish doirasida Ta’lim, Fan va Madaniyat masalalari bo‘yicha (UNESСO) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkentdagi Vakolatxonasi mazkur tadbir tashabbuskori va ijrochisi bo‘lib chiqdi.

Qishloq xo‘jaligi ishga joylashish uchun keng imkoniyatlar yaratgancha, mamlakat aholisini katta qismining hayotiy faoliyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlagancha davlat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) ni shakllantirishda sezilarli hissa qo‘shadi. Ayni vaqtda iqtisodiyotning ushbu sektori tabiiy resurslar – yer kabi suv resurslarining ham ahamiyatli ulushini iste’mol qiladi, himoyaga muhtoj atrof muhit bilan o‘zaro zich harakatlanadi. Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof muhitga salbiy ta’sirni qisqartirish inson, shu jumladan, Orol halokati doirasidagi mintaqalar aholisi xavfsizligining asosi hisoblanadi.

Mahalliy va xalqaro ekspertlarning tadqiqotlari natijasida olingan iqlim o‘zgarishiga barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga oid tizimlari to‘g‘risidagi bilimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqsadli tumanlarida mahalliy hamjamiyat vakillariga keng tushunish, moslashtirish, amaliyotda foydalanish uchun va ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish maqsadida beriladi.

Treningning asosiy maqsadi yosh fermerlar, Yoshlar ittiqofi, qishloq ma’muriyati vakillari, agrar kollej o‘qituvchilarining qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va inson xavfsizligi masalalarida xabardorligini oshirish hisoblanadi. Ikki kun davom etadigan treningda quyidagi: inson xavfsizligi konsepsiyasi, ekologik, energetik va oziq-ovqatga oid xavfsizlik, yer va suvdan samarali foydalanish amaliyoti kabi mavzular ochib beriladi. Suv resurslarining o‘sib borayotgan tanqisligi va mamlakat qishloq xo‘jaligida yer resurslari holatining yomonlashuvini inobatga olgan holda trening ishtirokchilariga imkoni boricha kelgusida yer va suvdan foydalanish amaliyotida resurslarni tejab-tergab foydalanish texnologiyalarini joriy qilish, agro-ekotizimni reabilitatsiyalash uchun majmuaviy yondoshuvni amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etiladi.

Treningda mintaqada inson xavfsizligini ta’minlash uchun iqtisodiy bo‘lganiday, ekologik foyda va chiqim o‘rtasidagi balansni izlashni ko‘zda tutadigan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.

 

ISHTIROK ETISHGA QIZIQISH BILDIRGANLAR UCHUN MA’LUMOT:

• To'rtku'l, Shamurodov Rustam, hokimning birinchi o'rinbosari, 97 3538141. Tadbirning o'tkazilish joyi - bank kolleji

•Beruniy, Sherimbetov Xojimurod, Fermerlar kengashi raisi, 972207429. Manzil - Axborot-resurs markazi

• Ellikala, Sherrifbetov Ilxom, Agroprom boshlig'ining o'rinbosari, 973532101. Qishloq xo'jaligi kolleji (rahbar o'rinbosari Ahmadjon 945934750)