2019 yilning 25-27 aprel kunlari Qozogʻistonda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun “Iqlim oʻzgarishi” mavzusi boʻyicha 2-Xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida “Iqlim oʻzgarishi” muammosi boʻyicha oʻquvchilarning ekologik loyihalari 1-xalqaro tanlovini yakunlari eʼlon qilindi.

Batafsil...

Takliflar 2019 yilning 29 mart kunidan 2019 yilning 29 aprel kunigacha qabul qilinadi. (Toshkent vaqti bilan 18:00gacha).

Batafsil...

2019 yilning 1 aprel kuni Norvegiya hukumati va BMTning Koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasining Nyu-Yorkdagi Ofisi BMTning Oʻzbekistonni Orolboʻyi hududi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasiga 9,5 million Norvegiya kroni (qariyb 1,1 million AQSh dollari) miqdoridagi toʻlovni tasdiqlovchi standart shartnomani imzoladilar.

Batafsil...

2019 yilning 22 mart kuni Jeneva shahrida (Shveysariya), BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (BMT YeIK) barqaror rivojlanish bo‘yicha Mintaqaviy Forumi doirasida “Insonlar uchun hamkorlik: BMTning O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi” mavzusidagi maxsus tadbir o‘tkaziladi. Tadbir BMT YeIK ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Ofisi tomonidan tashkillashtirilgan.

Batafsil...

2019 yilning 27-28 fevral kunlari BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi Levan Buadze Nukus shahrida, hamda BMTTDning Qoraqalpog‘istondagi milliy hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar faoliyati va erishilgan natijalar bilan tanishish maqsadida Kegeyli, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlarida bo‘ldi.

Batafsil...

2019 yilning 27 fevral kuni Nukusda BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili lavozimini vaqtincha bajaruvchi Levan Buadze Qoraqalpog‘istonning O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga, hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati va BMTTDning “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan yaylovlar hududini boshqarish bo‘yicha kooperativ hamjamiyatiga qishloq xo‘jaligi uskunalari va texnikasini topshirdi.

Batafsil...

O‘zgidrometda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Moshlashish Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi ostida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining beshinchi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

Toshkentda qurgʻoqchilik haqida oldindan ogohlantirishning takomillashtirilgan tizimini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qilishdi.

Batafsil...

2018 yilning 6-8 sentabr kunlari Toshkent davlat Agrar universitetining Nukus filialida “Quruq iqlim sharoitida mahalliy hamjamiyatlarning resurs va suv tejamlovchi, shu jumladan, “Yashil” texnologiyalar amaliyotlarini joriy qilish boʻyicha xabardorligi va tashabbuskorligini oshirish boʻyicha mexanizmni yaratish” mavzusida interfaol-muloqot shaklida seminar boʻlib oʻtdi. Uni Qozogʻistonning ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarni rivojlantirish jamgʻarmasi mutaxassislari olib bordilar.

Batafsil...

25-29 avgust kunlari Qoraqalpogʻistonning beshta tumanida “Iqlim oʻzgarishi sharoitida yaylov chorvachiligini rivojlantirish orqali qishloq hamjamiyatlari barqarorligini ta’minlash” mavzuida seminarlar oʻtkaziladi.

Batafsil...