Loyihaning asosiy maqsadi - O‘zbekistonning qurg‘oqchilik ta’siriga eng ta’sirchan bo‘lgan hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, iqlim o‘zgarishiga bardoshli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik fermer xo‘jaliklarini yaratish. Loyiha davlat organlarining markaziy, viloyat va tuman organlariga ko‘mak ko‘rsatadi, hamda iqlim o‘zgarishi jarayonlariga eng moyil bo‘lgan o‘simlikshunoslik va chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini moslashishga (adaptatsiya) diqqat-e’tiborni qaratadi. Loyiha taklif qilayotgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar iqlim o‘zgarishining mavjud va kelajakdagi ta’siriga, mazkur hududda tez-tez sodir bo‘layotgan qurg‘oqchilikka qarshi tura olishga yordam beradi, suv ta’minoti va yer resurslari unumdorligini pasayish muammosini hal qilishga yaqinlashishga yordam beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining noqulay geografik joylashuvi, qurg‘oqchil iqlim sharoitlari va Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen falokat tufayli O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga eng moyil bo‘lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Respublika Orol havzasidagi asosiy daryolarning quyi oqimida joylashgan, va aksar hollarda suv mazkur hududga kam miqdorda va past sifatda etib keladi, gohida esa suv resurslari bilan bog‘liq vaziyat falokat ko‘rinishini oladi - yuqorida joylashgan hududlardan suv, ayniqsa, qurg‘oqchilik yillarida, umuman yetib kelmaydi. Qoraqalpog‘iston va uning beshta tumani loyihaning namunaviy hududlari etib tanlandi: Moʻynoq, Kegeyli, Taxtakoʻpir, Chimboy va Qonlikoʻl.

component1

  1. Ma’lumotlarni samarali qabul qilish va uzatish uchun kuzatuv va monitoring infratuzilmasi takomillashtirildi (masalan, 2ta Doppler suv o‘lchov qurilmasi o‘rnatildi, 8ta meteostansiyani avtomatlashtirish bajarildi).
  2. Gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘idan to iste’molchilargacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimini integratsiyalashuvi uchun multimodal platforma yaratildi.
  3. Qurg‘oqchilikni salbiy ta’sirlarini minimal darajada pasaytirish maqsadida u haqda oldindan ogohlantirish mexanizmlari mavjud va faoliyat ko‘rsatmoqda (datchiklar, yog‘ingarchilik o‘lchovlari, ogohlantirishlarni tarqatish mexanizmlari va boshqalar).
  4. Xo‘jaliklar darajasida, shu jumladan, dala maktablari/tuman darajasidagi markazlar va qishloq hamjamiyatlari darajasida iqlim xatarliklarini boshqarish maqsadida, bevosita fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida axborot va bilimlarni tarqatish, hamda moslashuv amaliyotlari bo‘yicha maqsadli treninglarni o‘tkazish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha konsultativ yordam taqdim etuvchi professional ilmiy markazlar yaratildi.
Batafsil...

component2

  1. 40000ta dehqon xo‘jaliklari iqlimga barqaror resurslarni tejovchi qishloq xo‘jaligi amaliyotini qo‘llamoqdalar (masalan, dehqon xo‘jaliklarining 80000 ga erida erga minimal darajada ishlov berish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini aralash etishtirish, emlarni ishlab chiqarish, tuproqni qishloq xo‘jaligi ekinlarining qoldiqlari bilan qoplash qo‘llanilmoqda)
  2. 40000ta dehqon xo‘jaligi suvni tejagan holda erlarni sug‘orish amaliyotini qo‘llamoqda (masalan, 80000 ga erda lazer orqali erlarni tuzish, artezian quduqlarining suv resurslaridan foydalanishni boshqarish, fermer xo‘jaliklari darajasida drenajni takomillashtirish, hamda tuproqni sho‘rlanishini kamaytirish maqsadida sifon va tomchilab sug‘orish tizimlari, hamda qo‘llanilmoqda)
  3. Maqsadli dehqon xo‘jaliklarining 40 foizi xo‘jaliklarni o‘simliklarni etishtirish unumdorligiga qurg‘oqchilikni salbiy ta’sirlarini iloji boricha kamaytirish maqsadida 20000 gektar er xo‘jaligida meva-sabzavot issiqxonalarini tashkil qildi.
  4. O‘zini yaxshi namoyon qila olgan moslashish choralar sonini oshirish va keng ko‘lamda tarqatish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan qonunchilik va huquqiy asoslar mavjud.
Batafsil...

component2

  1. Mahalliy saksovul va yulg‘undan ixota sifatida qumni barqarorlashtirish va tuproqni sho‘rlanishini yo‘qotishni ta’minlash uchun fermer xo‘jaliklarining 1042094 gektar erida, hamda qo‘shni hududlarda, shamol yo‘nalishi modellari va landshaftlarni tiklash va boshqarish keng qamrovli reja asosida foydalanilmoqda.
  2. Landshaft darajasida moslashish tadbirlarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi hamjamiyatlari mehnat bilan ta’minlash uchun ekilgan daraxtlarni boshqarish va ularga qarashni tuzilmasi ishlab chiqilgan.
  3. Qishloq hamjamiyatlari nazorati va mas’uliyatini ta’minlash mexanizmlariga ko‘mak berish maqsadida landshaftni tiklash va uni boshqarish bo‘yicha kooperativ boshqaruv tizimi yachratildi.
Batafsil...

component4

  1. Eng muvaffaqiyatli amaliyotlarni aniqlash maqsadida agronomik tusdagi va suvni tejash bo‘yicha barcha sinovdan o‘tkazilgan chora-tadbirlarni inventarizatsiyasi o‘tkazildi.
  2. Iqlimga bardosh tizimlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish va qurg‘oq erlarda yaylov chorvadorligi borasida olingan tahlil va saboqlar natijalari hujjatlashtirilgan va bosma va internet ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan.
  3. Markaziy davlat tashkilotlari, mahalliy ma’muriyatlar, qishloq hamjamiyatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida qishloq xo‘jaligi va yaylovlar erlarida ilhor moslashish amaliyotlarini namoyish qilishga bag‘ishlangan har chorak asosida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Batafsil...