Qurg'oqchilik - uzoq vaqt davomida yogʻingarchilik boʻlmasligi sababli vujudga keluvchi xavfli tabiiy ofat. Uning natijasida hosil pasayishi yoki butunlay nobud boʻlishi mumkin. 2000-2001 yillarda kuchli qurgʻoqchilik natijasida, asosan, qishloq xoʻjaligi sohasida band boʻlgan 600 mingdan ortiq Oʻzbekiston aholisi aziyat chekdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining OʻzGidromet bilan hamkorlikdagi loyihasi doirasida iqlimiy oʻzgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy bardoshligini oshirish choralarini ishlab chiqmoqda. Bulardan biri qurgʻoqchilikni oldindan ogohlantirish tizimidir (QOOT). QOOT qurgʻoqchilik sharoitida jamiyat va tabiiy tizimlarning zaifligini kamaytirishga qanday hissa qoʻshishi haqida mazkur video orqali ma’lumot olishingiz mumkin.