Barqaror rivojlanish xalqaro institutiga koʻra, 1996-2015 yillar mobaynida 11 000 ekstremal iqlim oʻzgarish holatlari 528 000 kishi hayotini olib ketgan bo'lib, moddiy ziyon 3,08 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Qoraqalpogʻistondagi Orol dengizining degradatsiyasi tufayli kuchayib borayotgan iqlimga bogʻliq xavfli hodisalarning oqibatlarini yumshatish uchun BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi OʻzGidromet bilan birgalikda gidrometeorologik va iqlimiy kuzatuv tarmoqlarini rivojlantirish ustida ishlamoqda. Bunday tarmoqlar iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida rejalashtirish ishlab chiqish va amalda oshirishga yordam beradi. Batafsil.