Oxirgi bir necha oʻn yilliklarda Orolboʻyiga oqib keladigan suv hajmi ancha qisqardi, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining suv taʼminoti keskin kamayib, talabga nisbatan 30-40% ni tashkil etdi. Sugʻoriladigan yer maydonlari 1980 yilga nisbatan 47% ga kamaydi. Nafaqat daryolar deltalarida, balki sugʻoriladigan yerlarda ham choʻllashish va tuproq shoʻrlanishi jarayonlari jadal suratlarda kechmoqda.

Qoraqalpogʻistonning 78% sugʻoriladigan yerlari turli darajadagi shoʻrlanishga uchragan. Tuproq shoʻrlanishi va suv resurslari taqchilligi muammolari, regionda agrosanoat majmuasining rivojlanish strategiyasini oʻzgartirish lozimligini taqozo etadi. Sizga madaniy va yovvoyi holda oʻsuvchi, shoʻrga chidamli oʻsimliklarga bagʻishlangan risolalar seriyasining birinchi toʻplami taqdim etilmoqda. Mazkur oʻsimliklarni Qoraqalpogʻistonda oʻstirish istiqbolli boʻlgani uchun ular amaliy jihatdan katta qiziqish uygʻotadi.

Mazkur ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda Adaptatsion jamgʻarmasi bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” loyihasi doirasida ishlangan.

PDF-faylni yuklash:

ruscha

uzbekcha