Qoraqalpogʻistonda, ayniqsa uning shimoliy tumanlaridagi dehqonchilikning asosiy muammolari tuproqda organik moddalar miqdori pastligi, tuproqni umumiy tuzlanishi va suv taqchilligi va gidrologik qurgʻoqchilikni tez-tez qaytarilib turilishi bilan bogʻliq. Bu omillar, ayniqsa sugʻoriladigan suvni mavjud emasligi natijasida rejalashtirilgan hosilni qisman yoki toʻliq yoʻqotilishi xatarini oshiradi.

Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamgʻarmasi bilan birgalikdagi “Resurslarni tejovchi qishloq xoʻjaligi usullarini qoʻllash orqali Orolboʻyi hududidagi qurgʻoqchilikka eng koʻp duchor boʻlgan hamjamiyatlarda qishloq ayollarini iqlim oʻzgarishiga bardoshligini oshirish” loyihamiz doirasida biz “Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlaridagi tomorqa yerlarida organik dehqonchilikni qoʻllash boʻyicha” qoʻllanmani ishlab chiqdik. Organik usullar oddiy xoʻjalik koʻrsatkichlariga taqqoslaganda issiqxona gazlarini tashlanishini 48-66 foizga pasaytirishga qodir. Organik moddalarga boy boʻlgan tuproq qanday qilib sugʻorish suvlarini tejalishini va oʻsimliklarni keskin omillarga barqarorligini oshrilishini taʼminlashi haqida bizning qo‘llanmamizda oʻqing.

PDF-faylni yuklash:

Ruscha