Образовательные материалы

Qoraqalpogʻistonda, ayniqsa uning shimoliy tumanlaridagi dehqonchilikning asosiy muammolari tuproqda organik moddalar miqdori pastligi, tuproqni umumiy tuzlanishi va suv taqchilligi va gidrologik qurgʻoqchilikni tez-tez qaytarilib turilishi bilan bogʻliq. Bu omillar, ayniqsa sugʻoriladigan suvni mavjud emasligi natijasida rejalashtirilgan hosilni qisman yoki toʻliq yoʻqotilishi xatarini oshiradi.

Batafsil...

Mamlakatning yalpi ichki mahsulotida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari yetakchiligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotdagi sezilarli oʻzgarishlarga qaramasdan qishloq xoʻjaligining YaIMdagi ulushi, biroz pasaygan boʻlsada, ammo ancha yuqoriligicha qolmoqda. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi aholisi koʻpchiligining daromadlari va bandligining asosiy manbai va ijtimoiy barqarorligining kafolati boʻlib qolayotgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmogʻida hozirgi vaqtda iqlim oʻzgarishi oqibatlarining koʻlamiga munosib boʻlgan moslashuvga qodirlik darajasini taʼminlash muammoli masala boʻlib qolmoqda. Bu esa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasini yerlarning mavjud yemirilish, choʻllanish va kelajakdagi tabiat-iqlim koʻrinishidagi tahdidlarga juda ham taʼsirchan etib qoʻymoqda, oqibatda bu holat Orolboʻyida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini izdan chiqaradi. Yerdan foydalanuvchilar iqlimga bardosh qishloq xoʻjaligini olib borishga oʻtish yoʻlida tegishli texnologiyalar va yondashuvlarni tanlash uchun yordamga muhtoj boʻlmoqdalar.

Mazkur nashr BMTTDning Oʻzgidormet va BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasini Adaptatsion fondining “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan iqlim oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun iqlim jihatidan optimallashgan qishloq xoʻjaligini yaratish boʻyicha tavsiyalarni qamrab olgan.

Batafsil...

Qoʻllanmada jahon miqyosida sinovdan oʻtib oʻzini oqlagan energiya va suvni tejash boʻyicha arzon, amalga osonlikcha ishlatiladigan va yuqori samarador amaliyotlar boʻyicha misollar keltirilgan.

Tavsiya etilgan amaliy yondoshuvlar fermerva uy xoʻjaliklari, maktablar va kollejlar hududlarida, ularning iqlimga chidamliligini oshirib uglerod izini kamaytirish maqsadida muvaffaqiyatli qoʻllanilishi mumkin. Texnologiyaning har bir turi uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradigan va uni amaliyotga joriy etishni tezlashtiradigan zarur materiallar roʻyxati ham keltirilgan. Qoʻllanma O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, BMT Taraqqiyot Dasturi va Moslashuv Fondining “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqonxo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash”qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan.

Batafsil...

Mazkur qoʻllanma madaniy va yovvoyi holda oʻsuvchi, shoʻrga chidamli oʻsimliklarga bagʻishlangan risolalar seriyasining ikkinchisi boʻlib, unda Qoraqolpogʻiston Respublikasining shimolidagi murakkab sharoitlarda ekish uchun tavsiya etilgan yogʻochli turlar ayrim vakillarining tavsiflari keltirilgan, shuningdek, ularni parvarishlashning asosiy usullari bayon etilgan.

Batafsil...

Oxirgi bir necha oʻn yilliklarda Orolboʻyiga oqib keladigan suv hajmi ancha qisqardi, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining suv taʼminoti keskin kamayib, talabga nisbatan 30-40% ni tashkil etdi. Sugʻoriladigan yer maydonlari 1980 yilga nisbatan 47% ga kamaydi. Nafaqat daryolar deltalarida, balki sugʻoriladigan yerlarda ham choʻllashish va tuproq shoʻrlanishi jarayonlari jadal suratlarda kechmoqda.

Batafsil...

Orol dengizi akvatoriyasining tanazzuli natijasida qurigan dengiz tubi 6 mln. gektarga yaqin maydonni tashkil qilmoqda. Dengizning qurigan tubidan havoga har yili 150 mln. tonnaga yaqin tuz, qum va chang ko'tariladi. Ular 1000 km boʻlgan masofagacha tarqalib, tuproqqa yogʻinlar bilan birga tushib, unda toʻplanadi hamda xalq xoʻjaligiga katta zarar keltiradi.

Mazkur infografikada koʻchma qumlar keltiradigan zarar va ularni mustahkamlash usullari haqida ma’lumot berilgan.

Batafsil...

Qurg'oqchilik - aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan xavfli gidrometeorologik hodisa. O'zbekistonda 2000-2001 yillarda kuzatilgan kuchli qurg'oqchilikdan 600 mingdan ortiq kishi aziyat chekkan.

Turli hududlarda qurg'oqchilik holatlari qaytarilishining ortishi iqlim o'zgarishi va o'zgaruvchanligi tufaylidir. Qurg'oqchilik xavfi haqida o'z vaqtida va oldindan xabardor qilish maqsadida O'zbekistondagi BMT TD tomonidan Adaptatsiya (moslashish) Fondi loyihasi doirasida O'zGidromet bilan hamkorlikda Qurg'oqchilikni oldindan ogohlantirish tizimining prognozlash imkoniyati mustahkamlangan va takomillashtirilgan.

Batafsil...

Hozirgi kunga kelib qurigan Orol dengizi joylashgan hududda Orolqum sahrosi vujudga kelgan boʻlib, bu yer maydonlari qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz holga kelgan. Qurigan tubidan zararli tuzlarning havoga koʻtarilishi Markaziy Osiyoning mintaqasida ekologik fojiaga olib kelishi mumkin.

Batafsil...

Orol dengizi qurigan tubining maydoni 6,0 mln. ga atrofida boʻlib, uning qariyb yarmiga saksovul, cherkez, qandim koʻchatlarini ekib, oʻrmonzorlar tashkil etish zarur. Dengizning qurigan tubida deflyatsion jarayonlarga uchragan minglab gektar maydonlar har yili oʻrmon-melioratsiya yondashuvi asosida oʻzlashtirishni talab qiladi.

Batafsil...

Mazkur qo‘llanmada issiqxona va parniklardan foydalanish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribadan misollar keltirilga, afzalliklari hamda zarur iqlimiy sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Qo‘llanma BMTTD hamda Uzgidrometning Iqlim O‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konvensiyasi Adaptatsiya (Moslashish) Fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan va nashr etilgan.

Batafsil...