Yangiliklar

  • BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska Qoraqalpogʻistonga tashrifi yakunlandi

    BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska Qoraqalpogʻistonga tashrifi yakunlandi

    2019 yilning 26-28 sentabr kunlari BMT taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi va bu yerda hududning hozirgi ahvoli, hukumatning ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha sa’y-harakatlari, hamda BMTTDning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Batafsil...
  • LOYIHANI ISHGA TUSHIRISH MAROSIMI  “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish”

    LOYIHANI ISHGA TUSHIRISH MAROSIMI “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish”

    26 sentabr, 2019 y. Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi binosida hukumat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va YuNESKOning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” qo`shma loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Batafsil...
  • BMTTD Doimiy Vakili Qoraqalpogʻistonga tashrif buyuradi

    BMTTD Doimiy Vakili Qoraqalpogʻistonga tashrif buyuradi

    2019 yil 26-27 sentabr kunlari Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Doimiy vakili Matilda Dimovska xonim Qoraqalpogʻiston Respublikasiga Orolboʻyi mintaqasidagi vaziyatni oʻrganib, hukumat tomonidan ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlari, shuningdek, BMTTDning mamlakat shimoliy qismidagi faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyuradi. Batafsil...
  • Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish: imkoniyatlar va istiqbollar

    Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish: imkoniyatlar va istiqbollar

    Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni keng muhokama qilish uchun 2019 yilning 22 avgust kuni BMTTD koʻmagida Toshkent agrar universitetining Nukus filialida “Iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha yaxshi baholangan qishloq xoʻjalik choralarini keng qoʻllashni ragʻbatlantirish uchun meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish / takomillashtirishda ekspert bilimi va yordami” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda qayd etildi. Batafsil...
  • Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan “Iqlimiy quticha” oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston milliy sharoitlariga moslashtirildi

    Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan “Iqlimiy quticha” oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston milliy sharoitlariga moslashtirildi

    2019 yil 20-21 iyun kunlari Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) BMT Taraqqiyot dasturi va Oʻzgidrometning “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan Oʻzbekiston milliy sharoitlariga moslashtirilgan “Iqlimiy quticha” oʻquv qoʻllanmasini taqdim etish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Batafsil...
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • Komponent 1

    Qurg‘oqchilikni boshqarish va uni oldindan ogohlantirish tizimining institutsional va texnik salohiyati
    Batafsil
  • Komponent 2

    Dehqon xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik)ning iqlimiy barqaror amaliyotlari
    Batafsil
  • Komponent 3

    Iqlim o‘zgarishi natijasida qurgʻoqchilikning ortib borishi havfiga landshaftlar darajasida adaptatsiya (moslashish) choralari
    Batafsil
  • Komponent 4

    Bilimlarni boshqarish va xabardorlikni orttirish
    Batafsil

2014 yilning oxirida O‘zbekistonda “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini ishga tushirildi.

Loyihaning asosiy maqsadi-O‘zbekistonning qurg‘oqchilik ta’siriga eng ta’sirchan bo‘lgan hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, iqlim o‘zgarishiga bardoshli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik fermer xo‘jaliklarini yaratish.

Loyiha 6 yilga mo‘ljallangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi (O‘zgidromet), BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Adaptatsiya fondi (AF) tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi ko‘magidagi qo‘shma sa’y-harakatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining noqulay geografik joylashuvi, qurg‘oqchil iqlim sharoitlari va Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan atropogen falokat tufayli O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga eng moyil bo‘lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Respublika Orol havzasidagi asmosiy daryolarning quyi oqimida joylashgan, va aksar hollarda suv mazkur hududga kam miqdorda va past sifatda etib keladi, gohida esa suv resurslari bilan bog‘liq vaziyat falokat ko‘rinishini oladi- yuqorida joylashgan hududlardan suv, ayniqsa, qurg‘oqchilik yillarida, umuman etib kelmaydi.

Qoraqalpog‘istondai qurg‘oqchilikni tez-tez yuzaga kelib turishi, qurg‘oqlikni oshishiga olib keluvchi umummiy omillar va suv resurslarini bashorat qilinuvchi taqchilligi birinchi o‘ringa suv bilan ta’minlash masalasini olib chiqmoqda, mazkur holatlar erlarning unumdorligini ham yomonlashtiradi, bu esa, o‘z navbatida, qishloq hududlarda istiqomat qiluvchi aholining iqlim o‘zgarishini mavjud hamda kelajakdagi salbiy oqibatlariga qarshi tura olish qobiliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston va uning beshta tumani loyihaning namunaviy hududlari etib tanlandi, u erlarda iqlim o‘zgarishining nomaqbul asoratlarini engillashtirishga yo‘naltirilgan moslashuv (adaptatsion) chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar namoyish etiladi va joriy qilinadi.

Loyiha davlat organlarining markaziy, viloyat va tuman organlariga ko‘mak ko‘rsatadi, hamda iqlim o‘zgarishi jarayonlariga eng moyil bo‘lgan o‘simlikshunoslik va chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini moslashishga (adaptatsiya) diqqat-e’tiborni qaratadi. Loyiha taklif qilayotgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar iqlim o‘zgarishining mavjud va kelajakdagi ta’siriga, mazkur hududda tez-tez sodir bo‘layotgan qurg‘oqchilikka qarshi tura olishga yordam beradi, suv ta’minoti va er resurslari unumdorligini pasayish muammosini hal qilishga yaqinlashishga yordam beradi.

Hamkorlarimiz

mahalliy va xalqaro
  • Узгидромет
  • Adaptation Fund
  • UNDP